Imkoniyatlar

Platforma imkoniyatlari

Murojaat kelgan daqiqadan to'lov tushgunicha: lidlar, messenjerlar, brauzerdagi telefoniya, tijorat hujjatlari va analitika — bitta tizimda.

Lidlar

Har bir murojaat voronkaga tushadi

Messenjerga yozgan, qo'ng'iroq qilgan yoki ro'yxatdan import qilingan mijoz — hammasi lid bo'lib, manbasi va mas'uli bilan bitta taxtada turadi. Hech bir murojaat chatlar orasida yo'qolib ketmaydi.

  • Telegram, WhatsApp, Instagram va qo'ng'iroqdan lid o'zi ochiladi
  • Manbalar, bosqichlar va lid maydonlari biznesingizga moslanadi
  • Telefon yoki email takrorlansa — dublikat haqida ogohlantirish
  • Lid bir bosishda kontakt, kompaniya va bitimga aylanadi

Bitimlar

Savdo voronkasi bir qarashda

Bitimlar Kanban taxtasida bosqichma-bosqich yuradi: kim mas'ul, summa qancha va qaysi bitim qotib qolgani darhol ko'rinadi.

  • Har yo'nalish uchun alohida voronka va o'z bosqichlari
  • Kartochkani sudrab keyingi bosqichga o'tkazasiz — telefonda ham
  • Mahsulot qatorlari qo'shilsa, bitim summasi o'zi hisoblanadi
  • Yo'qotish sabablari va bosqichlar tarixi saqlanadi

Kontaktlar va kompaniyalar

Mijoz haqida hamma narsa bitta kartochkada

Telefonlar, rekvizitlar, bitimlar, qo'ng'iroqlar va yozishmalar bir joyda — yangi xodim ham mijoz tarixini bir daqiqada tushunadi.

  • Asosiy va qo'shimcha telefon, email, teglar va o'z maydonlaringiz
  • Kompaniya kartochkasida uning vakillari va barcha bitimlari
  • Dublikat haqida ogohlantirish va kartochkalarni birlashtirish
  • CSV va Excel'dan import, CSV ga eksport

Vazifalar va kalendar

Hech bir kelishuv esdan chiqmaydi

Qo'ng'iroq, uchrashuv va kuzatuv vazifalari mijoz yoki bitimga bog'lanadi. Muddat yaqinlashganda eslatma keladi, kechikkanlari esa alohida ajralib turadi.

  • Vazifa turlari, holatlari va ustuvorligi
  • Har kuni, har hafta yoki har oy takrorlanadigan vazifalar
  • Kalendar: kun, hafta va oy ko'rinishi
  • Ko'p vazifani bir yo'la xodimlarga taqsimlash

Muloqot

Barcha yozishmalar bitta oynada

Telegram, WhatsApp va Instagram xabarlari umumiy oynaga tushadi va mijoz kartochkasiga bog'lanadi — kim nima yozgani doim tarixda qoladi.

  • Telegram bot va guruhlar, WhatsApp Business, Instagram Direct
  • SMS (Eskiz) va email lid kartochkasidan yuboriladi
  • Tayyor shablonlar bilan tezkor javob
  • Yangi xabar real vaqtda keladi — sahifani yangilash shart emas

Telefoniya

Qo'ng'iroqlar brauzerda, yozuvlar kartochkada

O'zbekiston va MDH operatorlari bilan ulanadi. Qo'ng'iroqqa javob berganingizda mijoz kartochkasi o'zi ochiladi, chiquvchi qo'ng'iroq esa raqam ustiga bir bosishda boshlanadi.

  • Sarkor Telecom va Skyline orqali xodim to'g'ridan-to'g'ri brauzerda gaplashadi
  • Notanish raqam qo'ng'iroq qilsa — yangi lid, mas'uli javob bergan xodim
  • Qo'ng'iroqlar tarixi va suhbat yozuvlari mijoz kartochkasida
  • Javobsiz qo'ng'iroqlar alohida ro'yxatda — qayta qo'ng'iroq bir bosishda

Barcha operatorlar va ulash tartibi

Hujjatlar va to'lovlar

Taklifdan to'lovgacha — bitimdan chiqmasdan

Bitim qatorlaridan tijorat taklifi tuziladi va mijozga havola bilan yuboriladi. Mijoz qabul qilgach — buyurtma, hisob-faktura va to'lov, har biri bir bosishda.

  • PDF hujjatda rekvizitlaringiz: STIR, manzil va bank hisobi
  • Mijoz taklifni havola orqali ochadi, qabul qiladi yoki rad etadi
  • Hujjatlar o'zi raqamlanadi, soliq va to'lov muddati hisoblanadi
  • Qisman to'lov, qoldiq va pulni qaytarish hisobi

Mahsulot katalogi

Mahsulotlar va narxlar bir joyda

Mahsulot va xizmatlar katalogi bitimlar va hujjatlarga ulanadi: menejer narxni qo'lda yozmaydi, u narxnomadan olinadi.

  • Kategoriyalar, o'lchov birliklari va SKU
  • Chakana, ulgurji va boshqa narxnomalar
  • CSV orqali import va eksport
  • Har mahsulot bo'yicha sotuv hisoboti

Avtomatlashtirish

Takroriy ishni tizim bajaradi

Lid bosqichga tushganda kerakli vazifa o'zi yaratiladi va mas'ulga biriktiriladi. Telegram guruhidagi odatiy savollarga bot javob beradi.

  • Bosqich triggeri: vazifa, izoh, muddat va mas'ul
  • Telegram bot kalit so'zlar bo'yicha javob beradi
  • Yangi yozgan yoki qo'ng'iroq qilgan mijoz o'zi lid bo'ladi
  • Muddat yaqinlashganda eslatma va bildirishnoma

Analitika

Qarorlar taxminga emas, raqamga tayanadi

Boshqaruv panelida tushum, voronka, manbalar va xodimlar natijasi real ma'lumotdan hisoblanadi. Panel vidjetlarini o'zingiz tanlaysiz va joylashtirasiz.

  • Savdo, lidlar, bitimlar, xodimlar, manbalar va mahsulotlar hisobotlari
  • Voronka, xodim, manba va mahsulot bo'yicha filtrlar
  • Hisobotni CSV ga yuklab, Excel'da ochasiz
  • Tushum summalarini faqat ruxsati bor xodim ko'radi

Integratsiyalar

Ishlatayotgan xizmatlaringiz bilan ulanadi

Telefoniya, messenjerlar, SMS va pochta uchun tayyor ulanishlar: CRM dagi «Market» bo'limida xizmatni tanlab, uning kalitlarini kiritasiz.

  • Telefoniya operatorlari va o'z Asterisk shlyuzingiz
  • Telegram, WhatsApp Business va Instagram Direct
  • Eskiz orqali SMS va o'z pochtangiz (SMTP)
  • Payme, Click va elektron imzo — tez orada

Integratsiyalar katalogi

Mobil

Telefonda ham to'liq CRM

Alohida ilova o'rnatish shart emas: CRM telefon va planshet brauzerida to'liq ishlaydi, pastki panel esa asosiy bo'limlarni bir bosishda ochadi.

  • Bosh ekranga ilova sifatida qo'shiladi
  • Bitim kartochkasini barmoq bilan sudrab o'tkazasiz
  • Mijozga kartochkadan bir bosishda qo'ng'iroq
  • Kunduzgi va tungi mavzu

Savdoni tartibga solishni bugun boshlang

10 kunlik bepul sinov. Karta kerak emas, istalgan vaqtda bekor qilasiz.